Yangiliklar 25/02/2025 Tijoratlashtirish bo‘limlari xodimlarining malakasi oshirildi

   17–21-fevral kunlari Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limlari xodimlari uchun “Ilmiy ishlanmalarni loyihalash, ishlab chiqarish va tijoratlashtirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.  

   Tadbirda 50 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, tadqiqot va taraqqiyot (R&D) jarayonlarining dolzarb masalalari hamda “nazariyadan bozorgacha” konsepsiyasi doirasida muammolar va ularning yechimlari yuzasidan muhokamalar olib bordi. Shuningdek, seminar-trening davomida ishtirokchilar kiberxavfsizlik, savdo psixologiyasi, teskari injiniring (reverse engineering), 3D skaner va printer texnologiyalari, CAD modellash, post-protsessing jarayonlari hamda xalqaro servis yo‘nalishlarida bilim va tajribalarini oshirdi.  

   Mazkur seminar-trening ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish jarayonlarini takomillashtirish va oliy ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

#Ta'lim telekanali   #Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling