O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qarori asosida endi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliygohlariga super kontrakt asosida imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish imkoniyati mavjud. Bu tartib ko‘plab talabalar uchun yangi eshiklarni ochmoqda.
my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting
O‘qishni ko‘chirish jarayoni https://my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Talabgorlar ushbu platformada shaxsiy kabinet yaratib, zarur hujjatlarni yuklab, ariza topshirishlari mumkin.
Arizangiz rad etilmasligi uchun muhim izoh
"O‘qishni ko‘chirish sababi" maydoniga yoziladigan izoh
Ariza ko‘rib chiqilishi jarayonida Ishchi guruh sizning qaroringiz ongli ravishda qabul qilinganiga ishonch hosil qilishi kerak. Ayniqsa, noturdosh (ya’ni boshqa yo‘nalish) ta’lim yo‘nalishini tanlaganlar quyidagi matnni to‘liq va aniq shaklda “O‘qishni ko‘chirish sababi” bo‘limiga yozib qoldirishlari lozim:
Men (talabgorning F.I.Sh) Nodavlat oliy ta’lim muassasasidan (Talabgor topshirayotgan OTM nomi)ning o‘qiyotgan ta’lim yo‘nalishimga noturdosh bo‘lgan ta’lim yo‘nalishiga o‘qishimni ko‘chirmoqchiman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qarorining 7-band “g” kichik bandiga muvofiq, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida o‘qishga roziman. Yuqoridagi Prezident qarori bilan to‘liq tanishtirildim. Shuni inobatga olib o‘z roziligim asosida arizamni ko‘rib chiqib, amaliy yordam qilishingizni so‘rayman.
Nega bu izoh muhim?
Aynan ushbu matnni yozish orqali siz arizangiz rad etilishining oldini olasiz. Bu sizning huquqiy jihatdan xabardor va rozilik asosida murojaat qilganingizni bildiradi.
Xulosa
Nodavlat OTMdan davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish – bugungi kunda talabalar uchun berilgan katta imkoniyatlardan biridir. Super kontrakt asosida, imtihonsiz o‘qish imkoniyatidan to‘g‘ri foydalanish uchun my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish, kerakli hujjatlarni to‘g‘ri topshirish va "O‘qishni ko‘chirish sababi" maydoniga to‘g‘ri va aniq izoh yozish lozim.
#Maqola