Hukumatning 2025-yil 12-iyundagi qabul qilingan 362-sonli qaroriga muvofiq, endilikda quyidagi asoslarga ko‘ra doktorantlar tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatilishi mumkin:
➖o‘z arizasiga muvofiq;
➖salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
➖yakka tartibdagi rejalarini bajarmaganda;
➖ilmiy yoki ta’lim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini tizimli (uch yoki undan ortiq) ravishda buzganda;
➖sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilinganda;
➖hisobotlarni belgilangan muddatda taqdim etmaganda;
➖dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilish talabini buzganda.
❌Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va o‘qishga qayta tiklanmaydi.
👨🎓 Doktoranturadan monitoring natijalari bo‘yicha chetlatilgan yoki dissertatsiyasini muddatida himoya qilmagan shaxslar dissertatsiyasini tugatish va himoya qilish davrida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Ilmiy yoki ta’lim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini buzgani uchun o‘qishdan chetlatilgan shaxslar o‘qishga qayta tiklanmaydi.
Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga Kollegial organ qarori bilan rahbarlik va maslahat uchun to‘lanadigan haq to‘xtatiladi. Bunda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning rahbarlari hamda konsultantlari bir yil muddatga ilmiy rahbarlik qilishdan chetlashtiriladi.
Bundan tashqari: Monitoring natijalariga ko‘ra tegishli ixtisoslik bo‘yicha dissertatsiyalarni belgilangan muddatlarda himoya qilmagan izlanuvchilar (ketma-ket uch nafar va undan ortiq) aniqlangan taqdirda, ushbu ixtisoslik bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti faoliyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qaroriga muvofiq har yili mart oyida to‘xtatiladi.
Bunda oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti faoliyati uch yil o‘tgandan so‘ng qayta tiklanishi mumkin.
#Maqola