AQSHda joylashgan Action For Nature (AFN) notijorat tashkiloti har yili International Young Eco-Hero Awards tanlovini o'tkazib keladi. Bu tanlov 8-16 yoshli bolalarning tabiatni himoya qilish hamda asrashga qaratilgan muvaffaqiyatli individual tashabbuslarini va loyihalarini e'tirof etish va mukofotlash maqsadida tashkil etilgan.
Hozirda ushbu tanlovning 2025-yilgi mavsumiga arizalar qabul qilinmoqda. Arizalar ingliz tilida qabul qilinadi.
G'oliblar quyidagicha mukofotlanadi:
- 1000 dollargacha pul mukofoti;
- Maxsus sertifikat;
- G'oliblar va ularning loyihalari ommaviy axborot vositalarida;
- Eco-Hero Alumni Facebook guruhiga qo'shilish imkoniyati taqdim etiladi.
Tanlovda qatnashish uchun qo'yilgan talab va shartlar quyidagicha:
- Tabiiy olam himoyasi, atrof-muhit salomatligi, tadqiqoti yoki targ'ibotiga oid loyihalar bilan qatnashish mumkin;
- Loyiha harakat va ishtirokchilarning o'z tashabbusiga asoslangan bo'lishi kerak, o'qituvchi yoki boshqa mas'ul shaxs tomonidan vaziga sifatida tayinlangan loyihalar qabul qilinmaydi;
- Loyiha davomiyligi kamida 6 oy bo'lishi hamda yakunlanish arafasida yoki oxirgi bir yil ichida yakunlangan bo'lishi kerak;
- Agar loyiha ixtirodan iborat bo'lsa, ariza berishdan oldin ayrim sinovlar o'tkazilishi kerak;
- Ariza beruvchilar 2025-yil 28-fevral holatiga ko'ra, 8-16 yosh oralig'ida bo'lishi kerak;
- Uy hayvonlari yoki tutqunlikda ushlab turilgan hayvonlarga oid loyihalar, insho yoki hisobotlar qabul qilinmaydi;
- Tanlovning avvalgi g'oliblari, AFN kengashi a'zolari, faol o'qish paneli a'zolari yoki hakamlar hamda ularning yaqin qarindoshlari qatnasha olmaydi;
- Arizalar ingliz tilida topshirilishi lozim.
Arizalar bir qancha mezonlar asosida baholanadi, jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda:
- originallik;
- qiyinlik darajasi;
- tashkiliy masalalar;
- loyihaga bag'ishlangan vaqt uzunligi;
- boshqalarga o'tkazgan ta'siri yoki bergan ta'limi;
- tashqi manbalardan (masalan, kutubxona, ekspertlar, media, hamjamiyat yetakchilari) foydalanilgani;
- maqsadlarga erishishdagi muvaffaqiyat darajasi;
- atrof-muhitga ta'siri.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2025-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi.
Nomzodlar ariza shaklida so'ralgan shaxsiy ma'lumotlarni kiritish bilan bir qatorda loyihaga oid savollarga ham batafsil javob berishi kerak.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasida quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: mail@actionfornature.org.
#Ta'lim telekanali
#Grandlar