Yangiliklar 13/02/2025 IT hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

   Raqamli texnologiyalar vazirligi va Yaponiya kompaniyalari o‘rtasida IT hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

   Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov Yaponiya Tashqi Savdo Rivojlantirish tashkiloti (JETRO) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, IT sohasi bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish va O‘zbekiston IT mutaxassislarini xalqaro bozorga integratsiya qilish masalalariga bag‘ishlandi.

   Tomonlar Yaponiyadagi yetakchi IT kompaniyalarning O‘zbekistonda o‘z vakolatxonalarini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, vazirlikning xorijiy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashabbuslari, jumladan, IT sohasi vakillariga qulay sharoit yaratish, ularni rag‘batlantirish va zarur infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha rejalarmuhokama etildi.

   Uchrashuv davomida O‘zbekiston IT ekotizimining afzalliklari, xususan, Zero Risk dasturi va IT Park rezidentligi orqali taqdim etiladigan soliq imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu imkoniyatlar yapon kompaniyalari uchun O‘zbekiston bozoriga kirish va bu yerda o‘z faoliyatini rivojlantirishni ancha qulay va muhim ekanligi ta’kidlandi.

   Shu bilan birga tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab, IT sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

#Ta'lim telekanali   #Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling