Maqolalar 06/02/2025 O‘qishni ko‘chirishda yigitlarga qanday imkoniyat bor?

O‘qishni ko‘chirish jarayoni, talabalar uchun o‘z ta’lim yo‘nalishlarini yoki o‘quv muassasalarini almashtirish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu jarayon, asosan, talabalarning o‘z ilmiy va kasbiy yo‘nalishlarida yaxshiroq imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshiriladi. Biroq, o‘qishni ko‘chirishda ko‘p holatlarda qizlarga ajratilgan imkoniyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Xo‘sh, yigitlargachi?

https://avatars.mds.yandex.net/i?id=c621b7ae62009fb92935ff19a029135a9bcce9b4-6217553-images-thumbs&n=13

Qishki perevodda quyidagilar mumkin:

  • Boshqa viloyatga turmushga chiqqani sababli o‘sha hududga o‘qishini ko‘chirishi (o‘zining yo‘nalishiga yoki mos va turdosh yo‘nalishga ko‘chirishi, xohlasa ta'lim shaklini ham o‘zgartirib ko‘chirishi ham mumkin);
  • Ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘i davlat xizmatchisi bo‘lib, ularning doimiy ish joyi boshqa viloyatga ko‘chirilgani sababli (bunda ham yuqoridagi singari shakllarda perevod qilish mumkin);
  • Faqatgina davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga uzrli sababga ko‘ra tegishli tartibda ko‘chira olish.

Quyidagilar mumkin emas:

  • Ichki perevod (bir oliygoh ichida ta'lim yo‘nalishini yoki ta'lim shaklini o‘zgartirish);
  • Bir hudud doirasida boshqa oliygohga ko‘chirish (masalan, bir viloyatdagi boshqa oliygohga o‘qishni ko‘chirish);
  • Xorijiy yoki respublika hududidagi ularning filiallaridan o‘qishni ko‘chirish;
  • Davlat oliygohlaridan xususiy oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish;
  • Xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish;
  • Xususiy oliygohlar o‘rtasida o‘zaro o‘qishni ko‘chirish harakatlari;
  • Xususiy oliygoh bilan bog‘liq har qanday o‘qishni ko‘chirish jarayonlari;
  • Xorijdan davlat yoki xususiy oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish.

https://avatars.mds.yandex.net/i?id=270a20ff2582009c7dae9947f0676ddfafc53f0d-5877417-images-thumbs&n=13

   "Qishki perevod" jarayonlari 2 ta uzrli sababga ko‘ra amalga oshirilishi barchaga ma'lum. Endi mana shu jarayonning yigitlar uchun ko‘pchilik bilmagan qiziq tomoni haqida to‘xtalamiz.

   Boshqa viloyatga uylanayotgan yigitlar agarda o‘sha viloyatga doimiy yashash joylarini ko‘chirsalar bemalol o‘sha hududdagi oliygohga perevod qilishlari mumkin.

   Masalan, siz Samarqand viloyatidansiz, kelin esa Toshkent shahridan. Siz endi butkul Toshkentga, ya'ni kelin yashaydigan hududga ko‘chib ketyapsiz. Demak, siz endi uzrli sababga egasiz va o‘qishingizni Toshkent shahridagi xohlagan davlat oliygohiga ko‘chirish imkoniga egasiz.

https://avatars.mds.yandex.net/i?id=cd012d097716e2be53da2986f17bce65d0f15748-7854793-images-thumbs&n=13

Eslatma: Siz Samarqand, kelin esa Buxorodan bo‘lib, turmush qurgach, Toshkent shahri yoki boshqa uchinchi viloyatga ko‘chib borsangiz bu uzrli sababga kirmaydi va siz uchinchi hududga o‘qishingizni ko‘chira olmaysiz. Ahamiyat beradigan jihati shundan iborat-ki, uzrli sabab bo‘lishi uchun turmush quruvchilardan biri (er yoki xotin)ning doimiy yashash hududiga ko‘chib borish talab etiladi.

   Yana bir holatda, ya’ni ota-onasi (yoki eri) davlat organlari xodimi bo‘lib, ish joyi o‘zgarsa – bunda talabaning ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘i davlat organida ishlashi sababli, uning ish joyi boshqa viloyatga ko‘chirilsa talabaning ham o‘qishini o‘sha viloyatga mos va turdosh yo‘nalishga ta'lim shaklini o‘zgartirib ko‘chirish imkoniyati beriladi.

   Biroq, bunda davlat organida ishlaydigan ota-onaning farzandi 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsagina ruxsat beriladi. Agarda u 18 yoshdan oshgan bo‘lsa o‘qiyotgan ta'lim muassasasida ta'lim shaklini sirtqi yoki masofaviyga o‘zgartira olishi mumkin, xolos, viloyatga ko‘chirishga ruxsat yo‘q. Turmush o‘rtoq masalasida esa yosh chegarasi yo‘q. Bu sababga ega bo'lgan talabalar jinsi tanlanmaydi, ya'ni o‘g‘il yoki qiz bola bo‘lsa ham ahamiyati yo‘q.

Bu vaziyatda talabaga quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Ariza (onlayn sayt orqali yoziladi);
  • Pasport (pdf yoki jpg shakli propiska tomoni bilan);
  • Transkript (yoki reyting daftarchasi);
  • Ota-ona (eri) ishlaydigan vazirlikning aloqa xati (O‘z xodimining ishi boshqa viloyatga o‘tkazilganligi haqida);
  • O‘qishni ko‘chirishga sabab yoziladi.

"Qishki perevod" natijalarining e’lon qilinish muddati quyidagicha:

   "Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom"ning ilovasiga ko'ra, bahorgi semestr bo'yicha (xalq tilida qishki perevod) arizalar natijasi fuqaroga 25-yanvardan 15-fevralgacha muddat oralig'ida ma'lum qilinadi. Demak, "qishki perevod" natijasi e'lon qilinishining so'nggi kuni 15-fevral hisoblanadi.

Qishki perevod natijalarini quyidagicha bilib olish mumkin:

Qishki perevod natijalarini bilishda ham talabalarda ko’plab noqulayliklar va savollar yuzaga keladi. Odatda tavsiya etilganlar ro‘yxati vazirlik tomonidan e'lon qilinmaydi, faqat oliygohlar o‘z rasmiy sahifalariga joylashlari mumkin (shunda ham barcha emas).

Sevinch Tolibjonova tayyorladi

#Ta'lim telekanali   #Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling