O‘zbekiston xususiy bog‘chalar narxi bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda turadi?

Numbeo nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 7-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xususiy bolalar bog‘chasining bir nafar bola uchun to‘liq kunlik oylik to‘lovi o‘rtacha 295,3 AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston 127 mamlakat orasida 62-o‘rinni egallagan.
MDH davlatlari orasida O‘zbekistonga nisbatan arzonroq xususiy bolalar bog‘chasi xizmatlari quyidagi mamlakatlarda qayd etilgan:
- -Rossiya: 262,9 AQSh dollari;
- -Ozarbayjon: 242,2 AQSh dollari;
- -Qozog‘iston: 240,6 AQSh dollari;
- -Qirg‘iziston: 190,3 AQSh dollari;
- -Tojikiston: 104,3 AQSh dollari.
Shuningdek, O‘zbekistonga nisbatan qimmatroq bo‘lgan mamlakatlar:
- -Ukraina: 296,9 AQSh dollari;
- -Belarus: 299,3 AQSh dollari;
- -Armaniston: 306,9 AQSh dollari;
- -Moldova: 372,3 AQSh dollari.
Umuman olganda, dunyoda xususiy bolalar bog‘chasi xizmatlari eng qimmat bo‘lgan mamlakatlar Shveytsariya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya hisoblanadi, eng arzonlari esa Bangladesh, Shri-Lanka va Pokistonda qayd etilgan.
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Obuna bo'ling
Mavzuga oid
Attestatsiyadan o‘ta olmagan o‘qituvchini ishdan bo‘shattirib, uning darslarini olish mumkinmi?
Keyingi o‘quv yilidan boshlab davlat oliygohlarining ayrim yo‘nalishlarida yangi fan joriy etiladi
Akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalarni o‘qishdan chetlatish taklif qilinyapti
Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashlari mumkin