Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p to‘yib uxlamaydiganlar orasida talabalar yetakchilik qilarkan. Avval, abituriyentlik davrida o‘qish istagida uyqusi kam bo‘lsa, keyinchalik bilim va ko‘nikma uchun ko‘p vaqt sarflashi hisobiga uyqu me’yorida bo‘lmaydi. Afsuski, so‘nggi paytlarda talabalar mobil telefonlarda ko‘p vaqt o‘tkazishi sababli kam uxlash holati kuzatilmoqda. Ammo har narsada me’yor borligini unutmaslik kerak!
Turli yoshdagi insonlar uchun uyqu me’yori qancha?
▪️Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (0-3 oy) - 14-17 soat;
▪️Chaqaloqlar (4-11 oy) - 12-15 soat;
▪️Kichkintoylar (1-2 yosh) - 11-14 soat;
▪️Maktabgacha yoshdagi bolalar (3-5 yosh) - 10-13 soat;
▪️Kichik maktab o‘quvchilari (6-13 yosh) - 9-11 soat;
▪️O‘smirlar (14-17 yosh) - 8-10 soat;
▪️O‘g‘il bolalar va qizlar (18–25 yosh) – 7–9 soat;
▪️Kattalar (26-64 yosh) - 7-9 soat;
▪️Qariyalar (65 yosh va undan katta) - 7-8 soat.
#Maqola