Oliygohlar Darsliklar Xususiy maktablar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Maqolalar

Yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatdagi darsliklar uchun qay tartibda to‘lov qilinadi?

Yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatdagi darsliklar uchun qay tartibda to‘lov qilinadi?

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar uchun o‘quvchining ota-onasi, shuningdek ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki o‘qituvchilardan quyidagi tartibda to‘lov undiriladi:

–  darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalar ko‘rinishida;

Birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymat miqdorida:

–  birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;

–  2 – 4-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun – uning ikki baravari miqdorida;

–  5 – 11 sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun – uning to‘rt baravari miqdorda.

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling

Mavzuga oid