Maqolalar 10/06/2025 Xodim mehnat ta’tilida bo‘lgan davrda oylik maoshi oshirilsa, mehnat ta’tili haqi qayta hisob-kitob qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli qaroriga  asosan:

▪️Xodim mehnat ta’tilida bo‘lgan davrda lavozim maoshlari miqdori oshirilgan taqdirda, tashkilotning yangi mehnatga haq to‘lash shartlari asosida ishlaydigan kunlariga to‘g‘ri keladigan amaldagi ish kunlari sonidan kelib chiqib, mehnat ta’tili haqi qayta hisob-kitob qilinadi;

Ya’ni ish haqi oshirilgan vaqtdan boshlab ta’til tamom bo‘lgan kungacha bo‘lgan davr uchun o‘rtacha ish haqining bir qismiga tuzatish kiritiladi.

▪️Xodim ta’tildan chaqirib olinsa va ta’tilning qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chirilsa, ta’tilning foydalanilmagan qismi kunlariga haq to‘lash uchun o‘rtacha ish haqi belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va ta’tilning ko‘chirilgan kunlariga to‘g‘ri keladigan to‘langan o‘rtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi.

Ta’til qismlarga bo‘linganda saqlab qolinayotgan o‘rtacha ish haqi belgilangan tartibda har bir qism uchun alohida hisoblab chiqiladi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling